Prezident bir guruh OAV xodimlarini mukofotladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda soʻz va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yoʻlida faollik koʻrsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targʻib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Taypatov Abdijalol Gapparovich — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining hududiy axborot tahririyati bosh muharriri
Temirov Sobirjon Gʻulamovich — Beshariq tumani «Beshariq tongi» gazetasi bosh muharriri, Fargʻona viloyati
«Doʻstlik» ordeni bilan
Abdusamatova Mukaddas Salixovna — Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist
Beknazarova Saodat Uzbekovna — «Ovozi tojik» gazetasi katta muxbiri
Djurayeva Dilfuza Djangirovna — Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, publitsist, Surxondaryo viloyati
Klyaskiy Grigoriy Nikolayevich — «Ishonch-Doveriye» gazetasi boʻlim muharriri
Levchenko Sergey Vladimirovich — «Narodnoye slovo» gazetasi boʻlim muharriri
Nugmanov Ravshan Yakubdjanovich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Toshkent radioeshittirish uyi ovoz yozish xizmati rejissyori
Ochilov Qudrat Mengliyevich — «Bir safda» jurnali masʼul kotibi
Paluanova Mnayim Pirnazarovna — «Nukus-Sayahat» masʼuliyati cheklangan jamiyatining «Jaslar-TV» telekanali va «Nukus-FM» radiosi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Sodikov Ikrom Mamadaliyevich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori oʻrinbosari
Toxirov Xalimjon Turgunovich — «Andijonnoma» va «Andijanskaya pravda» gazetalari tahririyatining «Andijonnoma.uz» internet nashri muharriri
Xakimov Talip Adilovich — Nurafshon shahri «Mashʼal» gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati
II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan
Boymirzayeva Saodat Urakovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining matbuot kotibi
Muminov Fayzullo Abdullayevich — Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professori
Xasanova Zaxro Tulkunovna — «Gulxan» jurnali bosh muharriri
«Sogʻlom turmush» medali bilan
Imomxoʻjayev Zafar Axbarovich — Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Abduraximov Muslimbek Fozil oʻgʻli — «Zoʼr TV» telekanalining «Bu kun» informatsion dasturi rahbari
«Shuhrat» medali bilan
Abdukadirov Dilshod Axmedjanovich — «Kun.uz» internet nashri bosh muharriri
Abduraxmanova Feruza Abduganiyevna — «Mening yurtim» telekanali boshlovchisi
Abidov Aziz Agzamovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshligʻi – matbuot kotibi
Alimuxamedov Tuygun Vaxabovich — «Oʻzbekiston koʻzi ojizlar bosmaxonasi» davlat unitar korxonasi muqovalovchisi
Bazarov Baxriddin Xaydarovich — «Akademnashr NMM» masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh rassomi
Bayturayeva Guljamal Orinbasarovna — «Nurlы jol» gazetasi boʻlim mudiri
Voxidova Nozima Raximovna — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va maʼrifat telekanali» davlat muassasasi kino-videomahsulotlar va tezkor dublyaj muharririyati katta muharriri
Gulyamova Dilfuza Izzatovna — «Yangi Oʻzbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyatining Navoiy viloyati boʻyicha maxsus muxbiri
Djamalov Kaxramon Djumayevich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Oʼzbekiston 24» telekanali muharrirlar guruhi bosh muharriri
Djumaboyeva Raxima Mustafayevna — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi katta muharriri
Zokirova Tursuntosh Normurodovna — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi radio guruhi muxbiri
Inoyatova Nazira Saypullayevna — «Avtoradio» radiosi dasturlar boʻyicha direktori va efir boshlovchisi
Klichbayev Abatbay Reimbayevich — Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining qoʻlyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari
Matchanova Intizor Jumaboyevna — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Oʼzbekiston 24» telekanali Xorazm viloyati boʻyicha muxbiri
Murotova Muslima Kamolidinovna — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Oʼzbekiston» radiokanali rejissyorlar guruhi suxandoni
Niyazov Norbek Ramazanovich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Oʼzbekiston 24» telekanali yangiliklar muharririyati bosh muharriri
Pirnafasova Muhayyo Rustamovna — «Jadid» gazetasi adabiy muharriri
Saidov Sherodil Xudayberdiyevich — «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining chop etish sexi ustasi
Sulaymanova Aliya Ismailovna — «Darakchi.uz» internet nashri bosh muharriri
Sulaymonov Shodmon Sultonovich — «Buxoronoma» va «Buxarskiy vestnik» gazetalari tahririyati bosh muharriri, Buxoro viloyati
Shamsiddinov Yolqin Xakimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi yetakchi mutaxassisi
Eshonqulov Zamon Asrorovich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi maxsus muxbiri
Yusupov Ahmad Mengnimuratovich — «Daryo.uz» internet nashri bosh muharriri
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёев
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring