Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Prezidenti Administratsiyasining farmoyishi bilan:
Qobuljon Xoliqovich Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori lavozimiga tayinlandi. U bungacha “MY5” telekanalining bosh direktori boʻlgan, tayinlovga qadar MTRKning “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori lavozimini egallab kelgan.
Husan Ravshanovich Salixov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Husan Salixov – taniqli rejissyor, tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatining Media markaziga rahbarlik qilgan.
Jahongir Muhammadali oʻgʻli Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Abdurahmonov mazkur tayinlovga qadar Prezident Matbuot xizmatida bosh konsultant lavozimini egallab kelgan, bundan avval “UZREPORT” telekanalida shef-muharrir boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring