Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusselda “Global Gateway” forumida ishtirok etdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha, 9-oktyabr kuni Bryusselda “Global Gateway” forumida ishtirok etib, tadbir doirasida Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi.
“Fon der Lyayen xonim bilan muloqotdan mamnun boʻldim, Oʻzbekiston-Yevropa hamkorligi yanada mustahkamlanib borishiga ishonchim komil”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik boʻyicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida ham global, ham mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga toʻxtalib, Markaziy Osiyoga alohida eʼtibor qaratildi. Murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, mintaqalarimiz oʻrtasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
“Ochiq va mazmunli suhbat uchun Kallas xonimga minnatdorlik bildiraman. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli sheriklikni mustahkamlaydigan navbatdagi qadamlarni intiqlik bilan kutib qolaman”, — deydi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring