Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi
Foto: Namangan viloyat hokimligi
Gʻulomjon Sobitxoʻjayevich Murodxoʻjayev Namangan viloyatining Pop tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27-may kuni xalq deputatlari Pop tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qilib, keyingi yillarda Pop tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida toʻxtalib, hozirga qadar ushbu tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Aʼzamjon Sultonov salomatligiga koʻra vazifasidan ozod etish haqida ariza yozganini maʼlum qilgan.
Deputatlar Namangan viloyati hokimining Pop tumani hokimi Sultonov Aʼzamjon Mahmudovichni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorini bir ovozdan maʼqullagan.
Aʼzamjon Sultonovga milliy urf-odatlarga koʻra hurmat-eʼtibor koʻrsatilgan.
Shundan soʻng deputatlar Namangan viloyati hokimining Murodxoʻjayev Gʻulomjon Sobitxoʻjayevichni Pop tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarorini bir ovozdan tasdiqlagan.
Sessiyada hududni rivojlantirish, odamlarning bugunidan rozi boʻlib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring