“Polvontosh”da zamonaviy poliklinika ish boshladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Marhamat tumanidagi 16 ming nafar aholi istiqomat qiladigan Polvontosh shaharchasida yangi oilaviy poliklinika oʻz faoliyatini boshladi.
— Shifoatxonamizning binosi ham, jihozlari ham eskirib, foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolganligi uchun tuman markazidagi shifoxonalarga murojaat qilayotgandik, — deydi mehnat faxriysi Sayyoraxon Asrorova. — Bu men kabi nuroniylar uchun birmuncha muammoga sabab boʻlayotgandi. Shu bois yangi poliklinika faoliyatidan behad xursandman! Endi xohlagan paytimda shifokor koʻrigidan oʻtib, tegishli maslahat olishim mumkin.

Poliklinika binosi 1949-yilda qurilgan boʻlib, bugungi kunda ancha nurab qolgandi. Oʻtgan yili 1 mlrd. 300 mln. soʻmlik loyiha asosida bunyodkorlik ishlari boshlandi. Qurilish ishlari yakuniga yetgach, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 1 mlrd. 100 mln. soʻmlik tibbiy asbob va jihozlar ajratildi. Bularning barchasi respublikamizda chekka hududlarda ham tibbiyotga boʻlgan eʼtibor tufaylidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring