Polsha Oʻzbekistondan meva va sabzavotlar importini bir necha barobarga koʻpaytirishga tayyor

21:01 23 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
1238 0

Foto: “Dunyo” AA

Oʻzbekiston elchisi Bahrom Boboyev Polsha Qishloq xoʻjaligi va qishloqni rivojlantirish vazirligi davlat kotibi Rafal Romanovskiy bilan uchrashdi.

“Dunyo” AA xabariga koʻra, muloqot davomida agrar sohadagi Oʻzbekiston — Polsha aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Elchi oʻzaro tovar ayirboshlashning yillik oʻsishi 25-30 million dollarni tashkil etishini, Oʻzbekistonning Polshaga eksporti har yili qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqa yoʻnalishlarni hisobga olgan holda 15-18 million dollarga oshayotganini taʼkidladi.

Polsha Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida Oʻzbekiston mahsulotlarining eng yirik importchisi boʻlib, 2022-yil oxiriga kelib bu koʻrsatkich 130 million dollargacha oʻsishi kutilmoqda, umumiy tovar aylanmasi esa ilk bor 300 million dollardan oshadi.

Rafal Romanovskiy yaqin ikki tomonlama hamkorlikning aniq natijalarini, jumladan, pandemiya va transport-logistika zanjirlarining uzilishi bilan bogʻliq muammolarga qaramay, 2021-yilda qariyb 30 million yevroni tashkil etgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ikki tomonlama aylanmasi koʻrsatkichlarini yuqori baholadi. Uning aytishicha, Polshaga sifatli oʻzbek meva va sabzavotlari yetkazib berilmoqda. Shu bilan birga, Polsha tomoni kelgusida Oʻzbekistondan meva-sabzavot importini sezilarli darajada oshirishga tayyorligi maʼlum qilindi.

Polsha Qishloq xoʻjaligi va qishloqni rivojlantirish vazirligi davlat kotibi Polsha tomonining qishloq xoʻjaligi sohasi mamlakat iqtisodiyotning eng muhim tarmogʻi ekanligini hisobga olgan holda yuqori innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tajribasini boʻlishishga tayyor ekanligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada jadallashtirishga kelishib oldilar.

Rafal Romanovskiy, shuningdek, talabalar, tadqiqotchir va oʻqituvchilarning ilmiy va innovatsion ishlanmalari asosidagi turli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashishga ham tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер