Pokistonlik muharrirga durdona kitoblar sovg'a qilindi
Pokiston Respublikasining 42 000 nusxada chop etiladigan “Ittihod” gazetasi bosh muharriri, 10 000 nusxada chiqadigan “Xalqaro tinchlik” jurnali muassisi Tohir Foruq Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurdi. Uyushma jamoasi va binosida joylashgan tahririyatlar – “Yoshlik”, “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi” – “Zvezda Vostoka” jurnallari tahririyatlari, “Ijod“ jamoat fondi bilan tanishdi. Mehmon “Ijod” kitob doʻkonini aylanib, Oʻzbekistonda ijod ahliga yaratilayotgan gʻamxoʻrliklardan hayratga tushgani, gazeta va jurnalida oʻzbek adiblarning asarlaridan berib borishini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Ijodiy safar davomida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi maʼsullari bilan uchrashib, kelgusidagi adabiy, noshirlik, jurnalistik aloqalar haqida kelishib olishdi. Muhtaram mehmonga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Abdurahmon Jomiyning oʻzbek tilidagi “Muhabbat mahzani” kitobi, Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanining inglizcha, oʻzbek, ingliz, rus tillarida chop etilgan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi“ kitoblar sovgʻa qilindi.
Adiba UMIROVA
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring