Pokistonda yomgʻirlar oqibatida halok boʻlganlar soni 800 dan oshdi

18:27 27 Avgust 2025 Dunyo
204 0

Foto: AFP

Pokistonda 26-iyundan buyon kuchli yomgʻir va suv toshqinlari oqibatida kamida 804 kishi halok boʻldi, yana 1 088 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda TASS milliy favqulodda holatlar boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Eng koʻp talafot Xayber-Paxtunxva viloyatida kuzatilgan — musson yomgʻirlari 479 kishining hayotiga zomin boʻldi. Panjob viloyatida esa 167 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Notinch ob-havo oqibatida 5,7 mingdan ziyod bino zarar koʻrgan, shulardan taxminan 1,7 mingtasi butunlay vayron boʻlgan.

Viloyatlarda 800 dan ziyod qutqaruv amaliyoti oʻtkazildi. Shuningdek, uy-joysiz qolgan aholi uchun vaqtinchalik gospitallar va lagerlar tashkil etildi, ularda taxminan 30 ming kishi joylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?