Pokistonda harakatlanib ketayotgan maktab avtobusi portlatib yuborildi, qurbonlar bor (+video)
Pokistonning Xuzdar shahrida harakatlanib ketayotgan maktab avtobusi terrorchi tomonidan portlatib yuborildi. Oqibatda kamida besh kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Rasmiylarning taʼkidlashicha, Pokistonning Balujiston viloyatida joylashgan Xuzdar shahrida maktab avtobusi terrorchi tomonidan nishonga olinib, portlatib yuborilgan. Mazkur portlash oqibatida kamida besh kishi halok boʻlgan. Ulardan uch nafari yosh bolalar, ikki nafari esa katta yoshli ekani aytilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash natijasida 38 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
“Portlatilgan avtobus davlatning harbiy maktabiga tegishli edi. U ertalab oʻquvchi bolalarni olib ketayotgan vaqtda xudkush terrorchi tomonidan nishonga olingan hamda portlatib yuborilgan”, — deydi hukumat vakili Yosir Iqbol “Al Jazeera” nashriga bergan intervyusida.
Pokiston harbiylari ushbu portlashga Hindistondagi terror guruhlarini aloqador deb bilishmoqda. Biroq bu ayblovni isbotlovchi biror dalil taqdim qilinmagan.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ham ushbu portlashda Hindiston homiyligida faoliyat yuritadigan terror tashkilotlarining aloqadorligiga ishonishini bildirgan. Shuningdek, bosh vazir portlash oqibatida vafot etganlarning oila aʼzolariga taʼziya izhor qilgan.
“Dushman begunoh bolalarga vahshiylarcha hujum qildi. Maktab avtobusiga qilingan mazkur hujum mamlakatda beqarorlik yaratishga qaratilgan jirkanch fitnadir”, — deydi Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi.
“Al Jazeera” nashri muxbiri Kamol Hayderning maʼlum qilishicha, Pokiston tomoni maktab avtobusiga qilingan hujumni juda jiddiy qabul qilmoqda.
“Odatda mamlakat hududidagi qoʻporuvchilik harakatlari uchun javobgarlikni «Baluj ozodlik armiyasi” guruhi oʻz zimmasiga olardi. Bu guruhlar doimiy ravishda Hindiston razvedka agentligi tomonidan moliyalashtirib kelinishi haqida maʼlumotlar bor», — deydi nashr muxbiri Kamol Hayder.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring