Poytaxtning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi

Illyustrativ foto
Bugun, 4-dekabr kuni Toshkent shahrining bir qancha tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli quyidagi hududlarda taʼminot vaqtincha oʻchiriladi:
Yunusobod tumani:
“Mingchinor”, “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Yolariq” mahallalarining ayrim hududlarida hamda 4-mavze hududidagi “Rezidensiya” qurilish majmuasi, AQSh elchixonasida soat 9:00 dan 18:00 gacha; “Mirzo Ulugbek”, “Buyuk Turon”, “Bodomzor”, “Firdavsiy”, “Boʻzsuv”, “Shayx Shivli” va “Xiyobon Tepa” mahallalarida soat 00:00 dan 4:00 gacha;
Mirzo Ulugbek tumani:
“Pastki Yuz”, “Geologlar” hamda “Geofizika” mahallalarining ayrim hududlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha; “Mustaqillik”, “Oqqoʻrgʻon”, “Hamid Olimjon” hamda “Mirza Kalon Ismoiliy” mahallalarida soat tungi 00:00 dan 4:00 gacha.
Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring