Poytaxtimizda dzyudo boʻyicha anʼanaviy xalqaro turnir boshlandi
Bugun Toshkentda dzyudo boʻyicha xalqaro musobaqa start oldi. “Universal” sport majmuasi toʻrt kun davomida Uchqun Murodov xotirasiga bagʻishlangan anʼanaviy xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.
5-8-aprel kunlari oʻtkaziladigan oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi ushbu Osiyo Ochiq Kubogida yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlaridan kelgan jami 500 nafarga yaqin isteʼdod egalari tatamiga chiqadi.
Bugun musobaqaning birinchi kuni qizlar -40, -44, -48, -52, -57, yigitlar esa -50, -55 va -60 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun kurash olib borishadi. Har kuni saralash bellashuvlari soat 10:00, medallar uchun kechadigan final bahslari esa 17:00 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring