Poytaxtimiz koʻchalarida turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatish ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi turizm tomosha obyektlariga olib boruvchi yoʻllar boʻyida belgilangan standartlar asosida 2 xil tildagi (oʻzbek va ingliz tillarida) turistik yoʻl koʻrsatkichlari oʻrnatilishining 2-bosqichi yakunlandi. Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Yuqoridagi loyiha doirasida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, Gʻofur Gʻulom uy-muzeyi, Respublika qoʻgʻirchoq teatri, Sergey Yesenin uy-muzeyi, Sergey Borodin uy-muzeyi, Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqiy teatri, Abdulla Qahhor uy-muzeyi, Yunus Rajabiy uy-muzeyi, Oʻzbekiston davlat Tabiat muzeyiga olib boruvchi yoʻllar boʻyida ikkinchi bosqich natijasiga koʻra jami 82 ta turistik yoʻl belgilari oʻrnatildi.
Shu kunga qadar umumiy soniga koʻra 210 ta turistik yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring