Poytaxtdagi MCHJda 5,1 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Toshkent shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida Toshkent shahrida reyd tadbirlari oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, Chilonzor tumanida joylashgan “K. S.” MCHJga qarashli binoda xatlov oʻtkazilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq orqali tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani fosh etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilinganda 5 milliard 116 million soʻm zarar yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring