Poytaxtda oʻrtacha oylik 9 million soʻmni tashkil qildi – Statistika agentligi
Statistika agentligi Oʻzbekiston viloyatlari va Toshkent shahrida 2024-yil uchun oʻrtacha nominal oylik ish haqi koʻrsatkichlarini eʼlon qildi.
Agentlik keltirgan maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilda mamlakat boʻyicha oʻrtacha ish haqi 17,4 foizga oshib, 5 million 357,2 ming soʻmni tashkil qilgan.
2024-yilning yanvar dekabr oylarida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi poytaxtda kuzatildi.
Unga koʻra, Toshkent shahrida oʻrtacha ish haqi 21,4 foizga oshib, 9 million 72,4 ming soʻmni tashkil qildi. Toshkent viloyatida 12,2 foizga oshib 5 million 97,9 ming, Navoiy viloyatida 6 million 766,1 ming, Andijon viloyatida 4 million 616,1 ming hamda Buxoro viloyatida 4 million 343,9 ming soʻmni tashkil etdi.
Agentlik hisobotida qayd etilishicha, mamlakatdagi eng yuqori oylik maoshlar iqtisodiy faoliyatning “axborot va kommunikatsiyalar” sohasi “kompyuter dasturlari, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar” yoʻnalishiga toʻgʻri kelib, ushbu sohalardagi oʻrtacha oylik ish haqi 18 million 288,6 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.
Daromadlar boʻyicha ikkinchi oʻrinda “sugʻurtalash, qayta sugʻurta qilish va majburiy ijtimoiy sugʻurtadan tashqari pensiya jamgʻarmalarining faoliyati” yoʻnalishidagi “bank, sugʻurta, lizing va kredit vositachiligi” faoliyati egalladi. Ushbu sohalardagi oʻrtacha ish haqi 17 million 848,5 ming soʻmni tashkil qildi.
2024-yilda maoshi eng koʻp boʻlgan viloyatlar orasida Navoiy ikkinchi, Toshkent viloyati esa uchinchi oʻrinlarni egallab turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring