Poytaxtda kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda
Bugun, 29-sentyabr kuni Toshkent shahri hududida kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilish soʻralgan:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.
Shuningdek, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring