Poytaxt aholisi diqqatiga: yakshanba kuni 121 ta masjid atrofidagi yoʻllar yopiladi

19:01 12 Iyun 2024 Jamiyat
507 0

Toshkentda hayit namozi oʻqilishi munosabati bilan 16-iyun kuni soat 00:00 dan 7:00 gacha 121 ta masjid atrofidagi yoʻllarda transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Poytaxtning quyidagi koʻchalari va yoʻllarda avtotransport vositalarining harakati toʻliq cheklanadi:

Mirzo Ulugʻbek tumani:

«Toʻra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi—Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli—Sultoniya koʻchasigacha.

Bektemir tumani:

«Xoʻton» masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi—Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha.

Olmazor tumani:

«Islomobod» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi—KHAY—Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon—Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.

«Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi—Qorasaroy—Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy—Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

«Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza—Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza—Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.

«Xoʻja Alambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor—Kamolon koʻchalari chorrahasidan Kamolon—Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.

«Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi—Nurafshon—Sebzor koʻchalari chorrahasidan Nurafshon—Labzak koʻchalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

«Ubay ibn Kaʼb» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi—Al Xorazmiy—Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy—Katta qaʼni chorrahasigacha.

«Katta Qozirobod» masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi—Chilonzor—Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor—Nurxon koʻchalari chorrahasigacha.

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi—Al-Xorazmiy—Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonobod 2-berk koʻchasidan—Soʻgalli ota koʻchasigacha.

«Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor—Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha boʻlgan yoʻlda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

«Abdulloh ibn Maʼsud» masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi—Lutfiy—Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy—Katta qaʼni koʻchalari chorrahasigacha.

«Hazrati Ali» masjidi Nazarbek—Mahorat koʻchalari chorrahasidan Nazarbek—Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

«Minor» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi—KHAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan КҲАЙ—Ш.Рашидов koʻchalari chorrahasigacha.

«Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi—Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.

Yakkasaroy tumani:

«Usmon bin Maʼzun» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi—KHAY—Qushbegi chorrahasidan KHAY—Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

«Islom ota» masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi—Fargʻona yoʻli—Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli—Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.

«Ali ibn Abu Tolib» masjidi oldidagi Choʻlpon koʻchasi—Imom Buxoriy—Choʻlpon koʻchalari chorrahasidan, Choʻlpon—Salohiyat koʻchalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

«Qoʻyliq ota» masjidi oldidagi TXAY koʻchasi—«Qoʻyliq» bozori koʻprik ostidan THAY va Munis koʻchalari chorrahasigacha cheklanadi.

«Masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishlarini tavsiya etamiz», deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, 16-iyun soat 00:00 dan 10:00 ga qadar Toshkentda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati (kirish-chiqish-shahar ichida harakatlanish) vaqtincha cheklanadi.

Avvalroq Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni oʻz faoliyatini odatdagidan 2 soat oldin boshlashi va barcha yoʻlovchilar uchun soat 03:00 dan 10:00 gacha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatishi haqda xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер