“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi

14:59 20 Aprel 2025 Jamiyat
223 0

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning “Planet 9” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

“Planet 9” kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi “Vaqt devori” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muhokama olib borildi.

Markaz ekspozitsiyasi Qur’on zali, Islomgacha bo‘lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans” kabi zallarni o‘z ichiga oladi. Har bir zal bo‘ylab o‘tadigan “Vaqt devori” kompozitsiyasida turli davrlardagi o‘zgarishlar, madaniy yuksalish va kashfiyotlar, turli sulolalar va hukmdorlarning ilm-fan, madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi aks ettiriladi.

“Planet 9” kompaniyasi vakillari onlayn uchrashuv chog‘ida “Islomdan avvalgi davr”, Birinchi va Ikkinchi Renessans” zallaridan o‘tadigan “Vaqt devori”da aks etadigan mavzular haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер