Pichoqchilik tomorqachining pichogʻi moy ustida
Davralarda mehnat faxriysi Xolmurod Rahimov haqida soʻz ochilsa, uvali-juvali bu insonga “Pichogʻi moy ustida”, deya taʼrif berishadi. Bu gapda mubolagʻa yoʻq. Har bir qarich yerdan oqilona foydalanish borasida Xolmurod akaning oldiga tushadigani yaqin atrofda topilmaydi.
— Tomorqangizda fayz boʻlsa, dasturxoningizdan qut-baraka arimaydi, — deydi Olot tumanidagi Pichoqchi mahallasida yashovchi oila sohibi. — Biz olti sotix tomorqadan unumli foydalanib kam boʻlayotganimiz yoʻq. Hamma gap hafsala va ishtiyoqda.

Xolmurod aka haq. Tomorqada ishlash bu xonadonda farzand tarbiyasining uzviy qismi sanaladi. Mehnatsevarlik oila aʼzolarining qon-qoniga singib ketgan. Ular tomorqani uzluksiz mahsulot beruvchi konveyerga aylantirishgan, desak ham xato qilmaymiz: kartoshka, pomidor, bodring, lavlagi, turp, karam, piyoz, bulgʻor qalampiri, ismaloq, xullas roʻzgʻor uchun neki kerakli sabzavot bor peshma-pesh tayyor boʻladi. Parvarish qilinayotgan yuz boshdan ziyod quyon, kurka, tovuqni ham unutishmaydi. Ular uchun makkajoʻxori doni yetishtirishadi. Qish boʻyi oila dasturxonidan uzum, anor, sut-qaymoq, tuxum arimaydi. Bir tonnadan ziyod anorning salmoqli qismi bozorga ham chiqariladi. Ogʻilda esa ikki bosh sigir, gʻunajin, boʻrdoqiga boqilayotgan qoramollar bor.
Muhimi, Pichoqchida bu oilaga havas qilib, undan ibrat olayotgan xonadonlar koʻpaymoqda. Axir, kim ham pichogʻi moy ustida boʻlishini istamaydi?
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring