Peruda ham “Z-avlod namoyishlari” avj olmoqda

16:32 21 Sentyabr 2025 Dunyo
121 0

Foto: Reuters

Kecha, 20-sentyabr kuni tunda Peru poytaxti Lima shahri markazida politsiya va namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi. Bu haqda “Arab news” xabar berdi.

Norozilikni “Generation Z” (Z-avlod) deb nomlangan yoshlar guruhi tashkil qilgan. Ular hukumatdagi korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik va yaqinda qabul qilingan pensiya islohotiga qarshi chiqmoqda.

“Bugun demokratiya oldingidan ham yomon. Qoʻrqitish va tovlamachilik tufayli vaziyat ogʻirlashmoqda”, deydi namoyishchilardan biri, 54 yoshli Gladis.

Taxminan 500 kishi shahar markazida toʻplangan. Ular ijroiya hokimiyat va Kongress binolariga yaqinlashmoqchi boʻlganida politsiya qarshiligiga uchragan.

“Kongress xalq orasida ishonchni yoʻqotgan. U mamlakatga faqat ziyon yetkazmoqda”, deydi Selene Amacifuyen ismli qatnashchi.

Toʻqnashuvda “Exitosa” radiosining jurnalisti va operatori politsiya otgan rezina oʻqdan jarohat olgan. Rasmiylarga koʻra, kamida uch politsiyachi ham yaralangan.

Aytilishicha, Peru prezidenti Dina Boluartening mamlakatdagi reytingi pasayib ketgan. Bu holat mamlakatda uyushgan jinoyatchilik va tovlamachilik avj olgani, shuningdek, hukumat hamda Kongress korrupsiyaga botgani haqidagi fikrlar ortidan yuzaga kelgan. Uning vakolati 2026-yilda tugaydi.

Bu hafta parlament yoshlarni majburiy ravishda xususiy pensiya jamgʻarmasiga aʼzo qilish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Tanqidchilarning fikriga koʻra, yoshlarning koʻpchiligi noaniq mehnat sharoitida ishlaydi, shuning uchun bu qonun ular uchun adolatsiz hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер