Pentagon Ukrainaga harbiylarni joʻnatmoqchi
Foto: Reuters
Pentagon Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berilishini kuzatish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish ustida ishlamoqda. Jumladan, Ukrainaga oz sonli qoʻshimcha amerikalik qoʻshin yuborish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi “NBC News” amerikalik uch yuqori martabali amaldorga tayanib.
Hozirda Ukrainada bir necha oʻnlab amerikalik harbiy xizmatchilar, jumladan, oz sonli amerikalik harbiylar bor. Ular Ukraina armiyasiga qurol-yarogʻ yetkazib berishni nazorat qiladi, deya aniqlik kiritmoqda “NBC News”. Xabar qilinishicha, AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va boshqa harbiy rahbarlar ham bu nazoratni kuchaytirish va Ukrainada oʻz harbiylariga muhim qurol tizimlari, jumladan, havo mudofaasi va uchuvchisiz havodan mudofaa tizimlaridan foydalanishda yordam beradigan mutaxassislarga ega boʻlishini taʼminlashga intilmoqda.
Shu bilan birga, amerikalik harbiylar frontga bormaydi, biroq ular yuklarni kuzatib borish uchun qurol va texnikadagi shtrix-kodlarni skanerlash uchun Kiyevdan tashqariga chiqishga majbur boʻladilar, deyiladi maqolada.
“AQSHning yuqori martabali rasmiylari har qanday yangi qoʻshinning mavjudligi cheklangan va kamtarona boʻlishini taʼkidladilar”, deydi telekanal suhbatdoshlari.
Davlat departamenti, shuningdek, AQSH hukumati xodimlarining – fuqaro va harbiylarning boshqa mamlakatlarda yashashi va ishlashiga cheklovlar qoʻymoqda, Ukrainada esa bu raqam kam deydi rasmiylar.
Ushbu maʼlumotga AQSH prezidenti Jo Bayden ham munosabat bildirdi.
AQSH prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Vashington Ukrainaga qoʻshin yubormayapti, balki turli xil materiallar yetkazib bermoqda.
“Biz Ukrainaga qoʻshin yuboryapmizmi? Yoʻq. Biz avvalgidek milliardlab dollarlik materiallarni yubormoqdamiz”, dedi Amerika rahbari jurnalistlarning tegishli savoliga javoban.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring