Pentagon qiruvchi samolyotlarini Yaqin Sharqqa koʻchirishni boshladi
Pentagon Yaqin Sharqqa F-15E turidagi jangovar samolyotlarni joylashtirishni boshladi. Bu haqda “Wall Street Journal” xabar berdi.
Nashrning rasmiy manbalar va samolyotlar harakatini kuzatish maʼlumotlariga tayanib yozishicha, AQSH qiruvchi samolyotlari 18-yanvar kuni Iordaniyaga qoʻnib oʻtgan.
OAV xabariga koʻra, AQSH harbiy-dengiz kuchlarining avianoses (samolyot tashuvchi kema) zarba guruhi Janubiy Xitoy dengizidan Markaziy qoʻmondonlik hududiga, yaʼni Yaqin Sharqqa koʻchirilmoqda. Qayd etilishicha, mintaqaga qoʻshimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari, jumladan “Patriot” va THAAD majmualari ham joylashtiriladi.
“NewsNation” bu harakatlarni AQSH va Eron oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashgani bilan izohlagan.
16-yanvarga oʻtar kechasi Eron ehtimoliy Amerika zarbalari xavfi sabab havo hududini vaqtincha yopdi. Bundan oldin Tramp, agar mamlakatdagi namoyishlarni bostirishda kuch ishlatish va qon toʻkishlar davom etsa, shuningdek, namoyishchilarga qarshi oʻq uzish buyrugʻi berilsa, Eronga zarba berish bilan tahdid qilgandi.
Eron rasmiylari esa hozircha muzokaralar tarafdori ekanini, biroq zarurat tugʻilsa urushga toʻliq tayyorligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring