Pensiyalarning oʻrtacha miqdori 1,1 mln soʻmga yetkazildi va oʻtgan yilga nisbatan 16 foizga oʻsgan
Foto: Arxiv surat
Oʻtgan yil davomida:
— pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari 14 foizga oshirilib minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kam boʻlmasligi taʼminlandi;
— minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan (500 ming soʻmdan) yuqori miqdorlardagi pensiya va nafaqalar esa 12 foizga oshirildi;
— nogironlik pensiya va nafaqalarining eng kam miqdori esa 440 ming soʻmdan 698 ming soʻmgacha yaʼni 1,6 baravarga oshirildi.
Bundan tashqari toʻlovlarni bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilindi.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori yaʼni yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn barobaridan oʻn ikki baravarigacha oshirildi. Pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqining yuqori chegarasi 3 888 000 soʻm etib belgilandi.
Yuqoridagilar natijasida yoshga doir pensiyaning oʻrtacha miqdori 2023-yil 1-fevral holatiga 1,1 mln. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16% oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring