Parrandachilikka xorij texnologiyalari jalb etiladi

“Parrandasanoat” uyushmasi tomonidan Janubiy Koreyaning “Detox King Co. Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Antibiotiklarning oʻrnini bosuvchi yuqori funksional mineral ozuqa qoʻshimchalari” hamda “Parranda yetishtirishda ilgʻor texnologiyalar” mavzularida amaliy seminar tashkil etildi.
Mamlakatimizda parrandachilik mahsulotlari va parranda chiqindilarini qayta ishlashni tizimli yoʻlga qoʻyish, eksportni kuchaytirish, parrandaning noyob turlarini yetishtirishni ommalashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Bunda sohaga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, innovatsion ishlanmalarni joriy etish, umuman, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda zamonaviy parrandachilik klasterlarini barpo etish vazifalari ustuvorlik kasb etmoqda.
Seminarda tomonlar respublikamizda parrandachilikni rivojlantirish maqsadida yaratilgan ushbu qulay sharoitlar, ishlab chiqilgan dasturlar ahamiyati, investorlar uchun koʻzda tutilgan imtiyozlar xususida fikr yuritdi.
Taʼkidlash joiz, yurtimizda raqobatdosh parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish, isteʼmol bozorini barqaror va maqbul narxlarda ana shunday oziq-ovqat turi bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Unga koʻra, tarmoq korxonalari uchun qator imtiyozlar taqdim etildi, masʼul tashkilot va muassasalar faoliyatida samarali mexanizm yaratildi.
Xususan, davlatimiz rahbarining qaroriga asosan parrandachilik korxonalari uchun 2021 yil 1 noyabrga qadar import qilinayotgan ozuqa komponentlari, asbob-uskunalar va jihozlar bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan. Bundan tashqari, hujjatda ishlab chiqarishning munosib amaliyoti (GMP – Good Manufacturing Practice) sertifikatlariga ega boʻlgan parrandalar uchun chet el vaksina va biopreparatlari qoʻshimcha muvofiqlik sertifikatlarisiz tan olinishi belgilab qoʻyilgan.
Seminarda xorijiy mutaxassislar sohani rivojlantirish yoʻlidagi ana shu jihatlarni ham yuqori baholadi. Bunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini olib borishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring