Parrandachilik xoʻjaliklariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorini imzoladi.
Mazkur qaror bilan:
2021-yil 1-iyundan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga – oʻz xoʻjaliklarida yetishtirib, realizatsiya qilgan bir dona tuxum uchun 50 soʻm hamda bir kilogramm parranda goʻshti uchun 1 000 soʻm miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi;
2021-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi.
Tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlar bundan mustasno.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring