Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi 8-aprel kuni ham oʻz tadbirlarini reja asosida olib bordi (+fotoreportaj)
Foto: Yunus Bo'riyev / «Xalq so‘zi»
150-yubiley Assambleyasi doirasida tashkil etilgan inson huquqlari himoyasi borasidagi davra suhbatida Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari aʼzolari inson huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildilar. Asosiy eʼtibor BMT Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini amalga oshirishda parlamentlarning oʻrni va ahamiyatiga qaratildi.

Bundan tashqari anjuman ishtirokchilari Jahon sogʻliqni saqlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi 7-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan ham tanishdilar.

Tadbirda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), YUNISEF va PMNCH (Ona, bola va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish hamkorligi) vakillari ham qatnashdilar. Oʻzbekistonda sogʻlom avlodni tarbiyalash yoʻlida sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlar, JSST va YUNISEF bilan amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar haqida fikr yuritildi.

Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston davri: islohotlar va istiqbollar” mavzusidagi media-tadbirlar dasturiga binoan “Millat salomatligi: Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash va sport sohalarida innovatsiyalar va islohotlar”, “Birdamlik yoʻli: millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasida Oʻzbekiston tajribasi” mavzularida yigʻilishlar ham oʻtkazildi. Unda Assambleya mehmonlari, spikerlar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
















“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring