Parkentda yuk mashinasi yuqori bosimli gaz quvurini urib yubordi
Parkent tumanidagi gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi natijasida ayrim isteʼmolchilar uchun tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqida Energetika vazirligi maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi yuqori bosimli gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Natijada tumanning “Yoshlik”, “Markaziy”, “Guliston” va “Oq tepa” MFYlaridagi 2 ming 415 ta aholi va 56 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
“Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya-tiklash brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring