Parkentda “Xalqaro Uzum sayli” boʻlib oʻtdi
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
2025-yil 22-23-avgust kunlari Toshkent viloyati Parkent tumanida “Xalqaro Uzum sayli” festivali yuqori saviyada oʻtkazildi. Festival Prezident qarori va Vazirlar Mahkamasi farmoyishi asosida tashkil etildi.
Tadbirda 30 dan ortiq mamlakatdan olimlar, vinochilik mutaxassislari va ishbilarmonlar, shuningdek, Oʻzbekistonning barcha hududlaridan fermerlar, ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi. Uzum va vino mahsulotlari koʻrgazmalari, degustatsiyalar, biznes-forumlar, konsert dasturlari oʻtkazildi.
Toshkent viloyatida uzum yetishtirish maydonlari 19 ming gektarga yetkazilgan boʻlib, “Rizamat ota” kabi mashhur navlar aynan shu yerda yaratilgan. Festival milliy uzumchilik anʼanalarini asrab-avaylash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring