Parij-2024. Oʻzbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari nomi eʼlon qilindi

10:57 02 Iyul 2024 Sport
478 0

Ayni damda poytaxtdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiada oʻyinlarining tantanali ochilish marosimidagi bayroqdorlari nomi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, boks boʻyicha jahon chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi Abdumalik Halokov hamda qilichbozlik boʻyicha Osiyo oʻyinlari gʻolibasi, “Shuhrat” medali sohibasi Zaynab Dayibekova Fransiyaning Parij shahrida oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining bayroqdorlari boʻladi.

Maʼlumot uchun, Parij-2024 Olimpiadasi 26-iyuldan 11-avgustga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер