Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi
“Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (373-son, 11.12.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, quyidagilar paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, parataekvondo, parasuzish, parapauerlifting, paraoʻq otish) yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
- nogironligi boʻlgan shaxslarning paralimpiya sport turlariga qiziqishini oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- terma jamoalar uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish.
- Paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashning quyidagi takomillashtirilgan tartibi joriy etiladi:
- nogironligi boʻlgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga qarab, ularning boshqa sogʻlom sport guruhlarida ham shugʻullanishi hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etishiga sharoit yaratiladi;
- haqiqiy talabdan kelib chiqib, har bir hududda ayrim davlat sport maktablari paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
- paralimpiyachilarni tayyorlashda ularning nogironlik toifasini (klassifikatsiyasini) barvaqt aniqlash amaliyoti joriy etiladi;
- paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarning puxta tayyorgarligini tashkil qilish uchun har bir sport turi boʻyicha alohida sport bazalari biriktiriladi.
Shuningdek, ushbu qarorga asosan, 2026-yil 1-yanvardan paralimpiya sport turlari boʻyicha respublika terma jamoalarini shakllantirishning quyidagi yangi tartibi joriy etiladi:
- paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirishda sportchilarning tegishli sport musobaqalaridagi natijalari bilan birga sport normativlarini bajarishi natijasi ham inobatga olinadi;
- sport terma jamoalari sport normativlariga muvofiq shakllantiriladigan paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi chempionati yoki kubogi oʻtkazilishi majburiy hisoblanmaydi;
- “ERP-sport” elektron boshqaruv tizimida paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanayotgan sportchilarning sport natijalari kiritib boriladi va ularning sport normativlarini bajarishi ustidan monitoring yuritish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratiladi.
Bundan tashqari, Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi. Paralimpiya markazi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasiga joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring