Para taekvondochilarimiz yilni yuqori notada yakunlashdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida para taekvondo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro Gran-pri musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.
Ushbu musobaqada dunyoning 24 ta davlatidan jahon reytingida 1-8 oʻrinlarda borayotgan 80 nafar sportchi ishtirok etdi. Eʼtiborlisi, yilning soʻnggi yirik turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 3 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Jumladan, ayollar oʻrtasida +65kg vazn toifasida Guljanoy Naimova oltin, -47 kg vazn toifasida esa Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, erkaklar oʻrtasida -80 kg vazn toifasida Asad Toshtemirov ham kumush medal bilan taqdirlandi.
Taʼkidlash kerakki, Ar-Riyod Gran-prisi gʻoliblari Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga 100 reyting ochko, kumush medal sohiblari 60 ochko, bronza medal sohibi esa 40 ochkoga ega boʻladi. Bundan tashqari, musobaqada qatnashgan sportchilarning barchasiga 20 reyting ochkosi taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring