Pandemiya qachon tugaydi? JSST rahbari bu haqdagi xulosalarini maʼlum qildi
Foto: rg.ru
Pandemiya qachon tugaydi? Koronavirusdan kasallanish koʻrsatkichlari qay davrda keskin pasayishi mumkin? Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus bu haqdagi xulosalarini maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, JSST joriy yil ikkinchi yarmiga qadar barcha mamlakatlarda emlash darajasini 70 foizga yetkazishni maqsad qilgan.
Ayniqsa, bu jarayonda tibbiyot xodimlari, keksalar va boshqa “xavf guruhi”ga mansub qatlamni qamrab olish ustuvor ahamiyatga ega.
Biroq ayni paytda bu boradagi real vaziyat xavotirli. Negaki, hozirgacha dunyo aholisining bor-yoʻgʻi uchdan bir qismi COVID-19 infeksiyasiga qarshi toʻliq emlangan, xolos.
“Yuqori emlash qamroviga erishmagunimizcha, infeksiyalar koʻpayishi va yangi mutatsiyalar paydo boʻlishi xavfiga duch kelaveramiz”, — deydi T. Gebreyesus.
Aslida, shunday boʻlyapti ham! Osiyoning qator davlatlarida kunlik kasallanish koʻrsatkichlari oshib boryapti. Yevropada esa pandemiyaning yangi toʻlqini avj olmoqda.
Qolaversa, shu kunlarda baʼzi mamlakatlarda koronavirusdan oʻlim holatlari sezilarli darajada oʻsayotir. Bu “omikron”ning tarqalish tezligi hamda emlanish darajasi pastligi bilan bogʻliq.
Bundan tashqari, yanvar oyidan buyon “yashirin omikron” deya atalayotgan BA.2 mutatsiyasi dunyo boʻylab keng tarqalmoqda. Dastlab Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, soʻng boshqa Yevropa mamlakatlari, ayni paytga kelib esa AQSH va Xitoyda bu variantni yuqtirganlar soni ortib boryapti.
Shunga qaramay, mutaxassislar mavjud vaksinalar ushbu mutatsiya turiga qarshi samara berishini taʼkidlashmoqda. Demak, bugungi murakkab epidemiologik vaziyatda eng toʻgʻri chora — emlanishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring