Paxtaobodda zamonaviy majmua ishga tushirildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligi arafasida Paxtaobod tumanida yangi, zamonaviy sharoitlarga ega boʻlgan 120 oʻrinli tugʻruq kompleksi foydalanishga topshirildi.

— Mazkur tibbiyot muassasasi keng va yorugʻ xonalar, qulay xizmat boʻlimlariga ega ekan, — deydi mehnat faxriysi Arofatxon Saydullayeva. —Shuningdek, unda zamonaviy tibbiy uskunalar oʻrnatilib, homilador ayollar va chaqaloqlarning sogʻligini asrab-avaylash uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgan.

Yangi qurilgan kompleks tumandagi oilalar uchun katta qulaylik boʻladi. Ayniqsa, shu paytga qadar turli sabablarga koʻra tuman tashqarisiga borishga majbur boʻlgan ayollarga endi zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat oʻz hududlarida taqdim etiladi.

Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring