Paxta yigʻim-terimiga zamonaviy mashinalar jalb etilmoqda

10:51 22 Avgust 2024 Jamiyat
61 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyati davlatimiz rahbarining “Agrar sohani zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash doirasida amaliy-seminar boʻlib oʻtdi. Unda zamonaviy paxta teruvchi mashinalar bilan tanishildi.

— Odatda, paxta maydonidagi hosilni yigʻib olish uchun oʻrtacha ikki oy mehnat qilamiz, — deydi fermer Gulandon Yoʻldosheva. — Bu orada yomgʻir yogʻib, hosilning sifatiga putur yetishi yoki aholi yashash punktlaridan olisda boʻlgan maydonga terimchilarni olib borib kelishdagi muammolar ham mavjud. Ushbu texnik vositalari 10 gektar maydondagi hosilni bir kunda terib oladi. Qolaversa, uni sotib olish uchun banklar tomonidan kredit mablagʻlari ajratilmoqda. Eng muhimi, toʻlovni bir yilda ikki marta amalga oshirsa boʻladi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan holda paxta teruvchi zamonaviy texnik vositasini sotib olishga qaror qildim.

Andijonlik paxtakorlar joriy yilda 50 ta terim mashinalarini sotib olishi rejalashtirilgan. Ular orqali viloyatdagi 70 ming gektardan iborat maydondan 266 ming tonnadan ziyod hosil yigʻib olish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер