Paxta yetishtiruvchilarga QQSni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi

18:47 15 Avgust 2023 Hujjatlar
2259 0

Foto: Arxiv surat

“Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida»gi Hukumat qarori (379-son, 14.08.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

— 2023-yil hosilidan paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;

— QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi;

— 2026-yil 1-aprelgacha paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

— paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;

— paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan QQS summasini qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) tomonidan QQS byudjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.

QQSni boʻlib-boʻlib toʻlash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.

2023-yil 5-sentyabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yigʻib olish bilan bogʻliq maʼlumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023-yil 15-sentyabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер