“Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi”ni moliyalashtirish toʻxtatilishi mumkin

14:43 10 Fevral 2025 Dunyo
286 0

Ilon Mask AQSH hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi” faoliyatini tugatishni taklif qildi.

Maskning soʻzlariga koʻra, ushbu axborot xizmatlari soliq toʻlovchilarning pullari evaziga faoliyat yuritmoqda va tahririyatlarga ajratilayotgan mablagʻlar samarasiz. U Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari sifatida ortiqcha byurokratiyani qisqartirish va davlat xarajatlarini kamaytirishga intilayotganini qayd etgan.

“Ularni yopish kerak. Yevropa shundoq ham ozod, hech kim ularni tinglamayapti. Bu shunchaki oʻz-oʻziga gapirayotgan radikal soʻlchilarning platformasiga aylangan. Shunga qaramay, har yili amerikalik soliq toʻlovchilarning 1 milliard dollar mablagʻini sarflamoqda”, deb yozdi Mask oʻz “X” sahifasida.

Milliarderning bu fikri ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Baʼzi foydalanuvchilar uning soʻzlarini qoʻllasa, boshqalar bunday qarashlarni soʻz erkinligiga tahdid sifatida qabul qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?