Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi taʼminlanmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligida ekin turlarini koʻpaytirish bilan bir qatorda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilda viloyatda chorvachilikni kengaytirish boʻyicha umumiy qiymati 600 milliard 670 million soʻmlik 82 ta loyiha ishga tushirildi. Bugungi kunda viloyatda qoramol bosh soni 1,7 millionga yetdi. Xoʻjaliklarda 326,2 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) tayyorlanib, 1 million 40 ming tonna sut ishlab chiqarildi.
— Kattaqoʻrgʻondagi “Agrobreding” chorvachilik fermer xoʻjaligida hozirda 30 bosh Golshten zotli qoramollar parvarishlanmoqda, — deydi fermer xoʻjaligi rahbari Husniddin Ernazarov. — Yaratilgan qulay imtiyozlardan foydalanib, kelgusida chorvachilikni yanada kengaytirish niyatidamiz.
“Yetti xazinaning biri” boʻlgan parrandachilik sohasida ham viloyat yetakchi oʻrinda turadi. Parranda soni hozirda 15,3 million boshni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 107 foizga oshgan. Sohada 166 ming tonna parranda goʻshti yetishtirilgan. Ayni paytda 213 ta parrandachilik xoʻjaligi faoliyat koʻrsatmoqda.
Bundan tashqari, 513 ta baliqchilik xoʻjaligi 1,034 ming gektar sunʼiy suv havzasi va 2,3 ming gektar tabiiy suv havzasida faoliyat yuritmoqda. Mavsum davomida suv havzalaridan 17,9 ming tonna baliq ovlandi. 398 gektar sunʼiy suv havzalari intensivlashtirildi. Bu sohada umumiy qiymati 18,7 milliard soʻm boʻlgan 29 ta loyiha ishga tushirilib, 185 ta ish oʻrni yaratildi.
Asalari oilalari soni 98 ming donani tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 113 foizga oshdi. “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida 1150 ta aholi xonadonida tijorat banklarining imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan 11,5 mingdan ortiq asalari oilasi boqilishi yoʻlga qoʻyildi. Bu kelgusida xalqimizga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni yanada oshirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring