Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hudud yetakchi boʻldi?
2025-yilda Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 152,1 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi hududlar kesimida taqsimlanganda eng yaxshi koʻrsatkich Toshkent shahrida qayt etilib, poytaxtda yil davomida 27,6 trln soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 21,5 trln soʻmlik koʻrsatkich bilan Toshkent viloyati ikkinchi, 19,5 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqargan Samarqand viloyati uchinchi pogʻonadan joy olgan.
Shuningdek, oʻtgan yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 6,6 trln soʻm, Andijon viloyatida 9,6 trln soʻm, Buxoro viloyatida 11,3 trln soʻm, Jizzax viloyatida 3,3 trln soʻm, Qashqadaryo viloyatida 10,2 trln soʻm, Navoiy viloyatida 7,9 trln soʻm, Namangan viloyatida 8,5 trln soʻm, Surxondaryo viloyatida 3,2 trln soʻm, Sirdaryo viloyatida 5,4 trln soʻm, Fargʻona viloyatida 11,6 trln soʻm hamda Xorazm viloyatida 6 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 9,7 foizga koʻpaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring