Oʻzini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qolgan kapitanga muddatidan avval “mayor” maxsus unvoni berildi

14:48 30 Yanvar 2026 Jamiyat
309 0

Vobkentlik profilaktika inspektori kapitan Amrillo Rasulov munosib taqdirlandi. Bu haqida Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov maʼlum qildi.

Maʼlumki, kapitan A.Rasulov kecha, 29-yanvar kuni soat 16:30 lar orasida Vobkent tumani markazidan oqib oʻtuvchi daryoga oʻzini tashlagan ayolni qutqarish uchun suvga sakrab, uni qirgʻoqqa olib chiqqan edi.

Bugun, 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, favqulodda vaziyatda koʻrsatgan jasorati, qatʼiyati va kasbiga sadoqati uchun kapitan Amrillo Rasulovga muddatidan oldin “mayor” maxsus unvoni berildi.

«Inson hayotini saqlab qolish — ichki ishlar organlari xodimining eng oliy burchidir. Joriy yilning 29-yanvar kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan profilaktika inspektori haqiqiy qahramonlik namunasini koʻrsatdi.

U daryoning muzdek suviga oʻzini tashlab, oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan 4 nafar farzandning onasini soʻnggi soniyalarda qutqarib qoldi. Oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, fidoiylik koʻrsatgan Vobkent tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi inspektori, kapitan Rasulov Amrillo Temir oʻgʻli munosib taqdirlandi», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер