“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining faoliyatini tubdan oʻzgartiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda tarmoq rahbarlari va hokimlarga yirik korxonalar bilan cheklanmasdan, sohadagi barcha tadbirkor bilan ishlashni oʻrganishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining faoliyatini tubdan oʻzgartirish lozimligi taʼkidlandi.
Xususan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan tovarlarni aniqlash, ular boʻyicha loyiha qilib, tadbirkorlarga berish; sohadagi standartlarni xalqaro talablarga moslab, tadbirkorlarga joriy qilish va sertifikat olishda koʻmaklashish uyushmaning asosiy vazifalari boʻlishi zarur.
Shuningdek, injener-texnolog va oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash boʻyicha oliygoh va texnikumlarga buyurtma berish, ularning dasturlarini birgalikda ishlab chiqish; mahalliy korxonalardagi istiqbolli mutaxassislarni xorijiy ilgʻor kompaniyalarga stajirovkaga joʻnatish uyushma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻlishi lozim.
Prezident “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining unga yangi aʼzo boʻlganlardan 2-yil, aylanmasi 10 milliard soʻmdan kam korxonalardan esa umuman badal olmaslik, ularning mahsulotlarini “Eltex Lab” laboratoriyasida bepul sinovdan oʻtkazish boʻyicha takliflarni qoʻllab quvvatladi.
Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.
Umuman, bu yil 85 ta loyiha doirasida sim karta, toʻlov kartasi, keng turdagi maishiy texnika, transformator, televizor, quyosh paneli va yoritish uskunalari, elektr skuterlar uchun akkumulyator, litiy batareyasi, lazer bilan kesish uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash vazifasi qoʻyildi.
Soʻng davlatimiz rahbari soha vakillari va tadbirkorlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi. Jumladan, muloqotda:
- sanoat elektrotexnika mahsulotlarini lizing asosida sotish tizimini joriy etish;
- yillik eksporti 50 million dollardan koʻp boʻlgan korxonalarga aylanma mablagʻ uchun beriladigan kredit miqdorini oshirish;
- foyda soligʻini hisoblashda korxonalarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflagan xarajatini chegirish tizimini takomillashtirish;
- avtomobil akkumulyatori chiqindisini utilizatsiya qilish tizimini joriy etish;
- yangi loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy uskuna sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻning bir qismini foyda soligʻi bazasidan chegirish kabi taklif va tashabbuslar bildirildi.
Davlatimiz rahbari tegishli vazirlik va idoralarga aytilgan fikr va masalalarni puxta oʻrganib, tegishli hujjatlar loyihalarini kiritish boʻyicha topshiriq berdi.
Yigʻilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarini hisobotlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring