«Oʻzbeknavo» estrada birlashmasi sobiq bosh direktori hayotdan koʻz yumdi
2014-yildan bugunga qadar Oʻzbekiston Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan siyosiy fanlar nomzodi, professor, “Shuhrat” medali sohibi Azamat Haydarov ogʻir xastalik sabab bu yorugʻ olamni tark etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Azamat Haydarov 1957-yil 20-may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida tugʻilgan. 1980-yil Toshkent davlat Madaniyat instituti, 1996-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Bir necha yillar masʼuliyatli vazifalarda, xususan, Madaniyat ishlari vazirligining Akademik va xalq badiiy jamoalar boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining “Malaka oshirish” fakulteti dekani, “Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari, «Oʻzbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazi direktori kabi lavozimlarda jonkuyarlik bilan mehnat qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring