Oʻzbekiston—Tojikiston parlamentlararo aloqalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Osiyo xotin-qizlari forumi doirasida Tojikiston Majlisi Oli Majlisi namoyandagon Raisi oʻrinbosari Mavsuma Muini bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda tomonlar doʻstona va samimiy ruhdagi ikki davlat hamkorligi natijasida koʻplab sohalar rivojlanayotganiga, ayniqsa, parlamentlararo aloqalar yangi bosqichga koʻtarilganini alohida taʼkidladilar.
Shuningdek, Mavsuma Muini Oʻzbekiston tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilgan Osiyo xotin-qizlari forumining ahamiyati va uning jahon hamjamiyatida tutgan oʻrnini taʼkidlab, albatta, ushbu forumda muhokama qilingan masalalar barcha davlatlar uchun samarali yechimlarni ishlab chiqishda dasturulamal boʻlishiga ishonch bildirdi.
Bundan tashqari, tomonlar ikki xalqning anʼanalari, urf-odatlari oʻxshashligidan kelib chiqib, madaniy hamkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratdilar. Bu oʻz navbatida oʻzbek va tojik xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishda muhim vosita boʻlishi alohida qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring