Oʻzbekistonning Venetsiyadagi Milliy pavilyoni ikkinchi bor “Qayiqdagi kino – Mavhum mavjlar” kinofestivalida ishtirok etdi

08:27 02 Sentyabr 2023 Dunyo
386 0

Kinofestivalning bu yilgi mavzusi “Shaharni moviy koʻl tarafdan turib qayta anglash” deb nomlanib, hayot uchun atrof-muhit muammolari, inson va noinsoniy munosabatlar hamda ekotizimlarga antropogen taʼsirni oʻrganish masalalariga bagʻishlandi.

30-avgust chorshanba kuni oʻzbekistonlik kinorejissyor Shokir Xoliqovning anʼanaviy va zamonaviy hayot tarzlari oʻrtasidagi nomutanosibliklarni tadqiq etuvchi “Yakshanba” filmi namoyishi boʻlib oʻtdi. Mazkur film qishloqda tinch va osuda umrguzaronlik qilayotgan, ikki nafar oʻgʻil farzandi bor qariya chol-kampirning haqiqiy voqealarga asoslangan hikoyasi haqida soʻz boradi. Unda toʻngʻich oʻgʻil keksa ota-onasi bilan birga istiqomat qiladi, kenjasi esa xorijda tirikchilik qiladi.

“Qayiqdagi kino – Mavhum mavjlar” Venetsiya kinofestivalining dasturiga yondash ravishda Venetsiya moviy sayoz koʻlida suzib yuruvchi ochiq sahnada boʻlib oʻtadigan madaniy tadbirdir.

Film namoyishi Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi koʻmagida tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?