O‘zbekistonning tog‘li hududlarida aprelgacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

15:52 24 Mart 2022 Jamiyat
768 0

Foto: Интерфакс

Oʻzbekistonda 25—31-mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli bir qator hududlarda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Xabarga koʻra, respublikaning togʻli hududlari, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Qoʻshrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulungʻur tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;
  • Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
  • Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

“Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yoʻnalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?