Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi qariyb 73 mlrd dollarga yetdi
2025-yil yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu davrda eksport hajmi 30,9 mlrd AQSH dollariga yetgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 26,2 foizga oshgan. Import esa 41,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 18,7 foizlik oʻsish qayd etilgan.
Ayni paytda Oʻzbekiston dunyoning 210 ta mamlakati bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻygan. Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy hissasiga toʻgʻri kelib, u 20,1 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Rossiya (16,2 foiz), Qozogʻiston (6 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Koreya Respublikasi (2,2 foiz) asosiy hamkor mamlakatlar qatorida qayd etilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar–noyabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi koʻrsatkichi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13 mlrd AQSH dollariga yoki 21,8 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring