Oʻzbekistonning Shveysariyadagi elchisi tayinlandi

Foto: “Dunyo”
Dilshod Axatov Oʻzbekistonning Shveysariyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, elchi joriy yilning 25-oktyabr kuni Shveysariya prezidenti Viola Amerdga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Uchrashuvda Prezident soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasida yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalar sezilarli faollashganini taʼkidlagan. U Shveysariya hukumati Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan.
Viola Amerd shuningdek, foydali qazilmalarni oʻzlashtirish, “yashil” iqtisodiyot, “yashil” energetika, suv va energiyani tejash texnologiyalarini joriy qilish, iqlim oʻzgarishi va ekologiya muammolari oqibatlarini bartaraf qilish, kasbiy taʼlim tizimida Shveysariya dual taʼlim modelini joriy qilish borasida hamkorlikka tayyorligini qayd etgan.
Aytish joiz, Dilshod Axatov 2023-yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonning GFRdagi elchisi sifatida Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Shu tariqa, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi Shveysariyada ham (qarorgohi Berlin shahrida) mamlakatning rasmiy vakili hisoblanadi. Axatov Berlinga tayinlanganiga qadar 2020-2023-yillar Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
U 2010-2013-yillarda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi, shuningdek, Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada oʻrindoshlik asosida elchi boʻlib ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring