Oʻzbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Parij shahrida) Nodir Gʻaniyev mamlakat prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Rasmiy marosimdan soʻng kechgan muloqot chogʻida Portugaliya prezidenti ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholadi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Portugaliya oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 12-avgustda oʻrnatilgan.
Taʼkidlash joiz, Nodir Gʻaniyev bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi ham hisoblanadi. U 2024-yil 17-sentyabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring