Oʻzbekistonning Monakodagi birinchi elchisi tayinlandi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Monako Knyazligidagi birinchi Favqulodda va Muxtor elchisi Nodir Gʻaniyev Knyaz Albert II ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 7-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan tantanali marosimdan soʻng tashkil etilgan muloqot chogʻida Albert II Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini yuqori baholagan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga sodiqligi bilan tanilgan Monako Knyazi Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energetika boʻyicha yirik loyihalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirib, yashil iqtisodiyotga oʻtish borasidagi saʼy-harakatlarni va 2030-yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasining 54 foizini ishlab chiqarish kabi ulkan maqsadni eʼtirof etgan.
Monako Knyazi, shuningdek, Oʻzbekistonni joriy yilning oktyabr — noyabr oylarida Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilishi bilan samimiy tabriklagan. U mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekistonning xalqaro hamjamiyatga ochiqligi, tashqi siyosiy faoliyatining yorqin ifodasi ekanini alohida taʼkidlagan.
Oʻzbekiston elchisi, oʻz navbatida, Oʻzbekiston-Monako munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirishini bildirgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Monako oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 2013-yil 29-noyabrda oʻrnatilgan.
Nodir Gʻaniyev Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan va 2024-yil sentyabr oyida Prezident Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Diplomat shu yilning may oyidan buyon mamlakatimizning Portugaliyadagi elchisi lavozimida ham ishlab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring