Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi tarixiy rekord darajaga yetdi

16:41 08 Oktyabr 2025 Iqtisodiyot
232 0

2025-yil 1-oktyabr holatiga koʼra, Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari tarixiy rekord koʻrsatkichga yetib, 54,99 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqida Markaziy bankning Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari toʼgʼrisidagi hisobotida keltirildi.

Maʼlum qilinishicha, jahon bozorida oltin narxlari 2025-yilning boshidan buyon qariyb 50 foizga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasining yalpi zaxiralari hajmi joriy yilning sentyabr oyida 4,9 milliard dollarga koʻtarilgan. Xususan, sentyabr oyi davomida oltin narxining 3407,50 dollardan 3806,55 dollargacha oshishining taʼsiri +4,6 milliard dollarni tashkil etgan.

2025-yilning sentyabr oyi davomida zaxiralarning valyuta qismi 735 million dollarga oshgan boʻlsa, oltin qismining qiymati 4,17 milliard dollarga oshib, 44,2 milliard dollargacha yuqorilagan.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qogʻozlarning qiymati oʻtgan oyda biroz koʻtarilgan hamda 1 milliard 19 million dollarni tashkil qilgan.

Jahon bozorida oltin narxlarining oshib borishi fonida yil boshidan beri Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli darajada koʻpaygan. Joriy yilning 1-oktyabr holatida qayd etilgan qariyb 55 milliard dollarlik zaxiralar – Oʻzbekiston uchun tarixiy rekord koʻrsatkich sanaladi.

Maʼlumot uchun, oltin narxining yil boshidan beri keskin koʻtarilishi global bozorlar bilan bevosita bogʻliq boʻlib, fevral–may oylarida jahon miqyosida geosiyosiy tangliklar va AQSH federal rezerv siyosati tufayli oltinning narxi keskin koʻtarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер