Oʻzbekistonning eng koʻp odam yashaydigan hududi qaysi?
Samarqand (4,31 mln) va Fargʻona (4,16 mln) viloyatlari Oʻzbekistonning aholisi soni eng koʻp hududlaridir. Buni Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qilgan.
2025-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikamiz hududlarining doimiy aholisi soni boʻyicha 3-oʻrinda 3 656 ming kishi bilan Qashqadaryo turibdi. Undan keyingi oʻrinlarni 3 474,1 ming kishi bilan Andijon, 3 144,8 ming aholi bilan Namangan viloyati, 3 128,5 ming kishi bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyati (3 121,5 ming) egallagan.
Bundan tashqari, Surxondaryoda 2 959,8 ming, Buxoroda 2 082,8 ming, Xorazm viloyatida 2 039,6 ming, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 035,1 ming, Jizzaxda 1 544,3 ming, Navoiy viloyatida 1 099,2 ming va Sirdaryoda 934,5 ming kishi istiqomat qilishi xabar qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring