Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻqiladigan taroveh namozi vaqtlari eʼlon qilindi

Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻqiladigan taroveh namozi vaqtlari eʼlon qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun xufton namozidan soʻng Oʻzbekistondagi masjidlarda taroveh namozi boshlanadi.
Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlari quyidagicha:
- Fargʻona – 20:20;
- Namangan – 20:20;
- Andijon – 20:20;
- Toshkent viloyati – 20:30;
- Toshkent shahri – 20:30;
- Sirdaryo – 20:30;
- Jizzax – 20:30;
- Samarqand – 20:30;
- Qashqadaryo – 20:40;
- Surxondaryo – 20:40;
- Navoiy – 20:40;
- Buxoro – 20:40;
- Xorazm – 21:00;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 21:10.
Avvalroq, 2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1-mart kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring